Dunyodagi birinchi geni o‘zgartirilgan kaltakesak (foto)

  • 08 aprel 2019, 08:43
  • 1 111
  • Dunyo
  • Dunyodagi birinchi geni o‘zgartirilgan kaltakesak (foto)
    Foto: TJournal
    AQShning Jorjiya universiteti olimlari CRISPR genomni tahrirlash texnologiyasi yordamida yaratilgan birinchi sudralib yuruvchi haqidagi tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi "Daryo" nashri.
    Tajriba jigarrang anolis turidagi kaltakesak ustida o‘tkazilgan, u genlar tahriridan so‘ng och pushti tusga kirgan.

    Olimlar ancha vaqtdan buyon sichqonlar, cho‘chqalar, echkilar, tovuqlar va kapalaklarning genlarini tahrirlab keladi. Ammo sudralib yuruvchilarning reproduktiv tizimining o‘ziga xosligi tufayli, ularga nisbatan standart yondashuvni qo‘llab bo‘lmaydi, deb hisoblanilar edi.

    Foto: TJournal
    Ikki yil deganda tadqiqot mualliflari texnologiyani hali urug‘lanmagan tuxum hujayralarga nisbatan qo‘lladi.

    Olimlar fikricha, tadqiqotni davom ettirish yordamida odam genlarini o‘rganish mumkin. Ular qo‘llagan tirozinaza geni ko‘zning rivojlanish jarayonlari uchun javobgardir.

    » » Dunyodagi birinchi geni o‘zgartirilgan kaltakesak (foto)