09:58 / 08.04.2019
2 735

Ukraina prezidenti Poroshenkoning xotini Qozog‘istonda tug‘ilganmi?

Ukraina prezidenti Poroshenkoning xotini Qozog‘istonda tug‘ilganmi?
Ilgari Ukraina rahbari Petr Poroshenkoning xotini Marina Poroshenkoni barcha Kiyevda tug‘ilgan deb o‘ylardi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Marina Poroshenko 1962 yili Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida dunyoga kelgan ekan.

Sobiq sovetlar davrida Semipalatinsk shahri yadroviy poligon hisoblangan. Aynan shu yerda ilk bor yer ostida yadro quroli portlatilgan. Shahar yopiq hudud hisoblangan. Ichkariga faqat zavodlar ishchilari va harbiylar kira olgan. Onasi Lyudmila Nikolayevna Semipalatinskdagi «Arsenal» zavodida faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, Marina ma’lumot va ish stajiga Ukrainada ega bo‘ldi. Kiyev tibbiyot institutini tamomlagach, uzoq yillar Kiyevdagi kardiologiya shifoxonasida vrach vazifasida ishladi. 1985 yili o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgach, ishdan bo‘shadi. Keyinchalik hozirgi eriga tegishli «Ukraina sanoat sarmoya konserni»da ishladi. Biroq o‘shanda qanday lavozimda ishlagani haqida ma’lumot tarqatilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti Poroshenkoning xotini Qozog‘istonda tug‘ilganmi?