Almazbek Atambayev: «Meni to‘xtatishning yagona yo‘li — o‘ldirish» (video)

  • 08 aprel 2019, 17:43
  • 1 671
  • Dunyo
  • Almazbek Atambayev: «Meni to‘xtatishning yagona yo‘li — o‘ldirish» (video)
    Foto: «TASS»
    Qirg‘iziston sobiq rahbari Almazbek Atambayev 7 aprel kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan mitingda ishtirok etdi, deya xabar beradi «Daryo».
    O‘zining yarim soatlik nutqida u, xususan, amaldagi prezident Sooronbay Jeyenbekovni tanqid qilgan.

    Almazbek Atambayev bu yil 63 yoshini nishonlashini ma’lum qilgan.
    «Men o‘zimni farishta demayman: men xato qilganman, odamlar oldida aybdorman. Lekin haqiqiy musulmon sifatida doim aybimni tan olaman. Xalqni aldash mumkin, deb yolg‘on gapirmayman», — deya boshladi o‘z nutqini sobiq-prezident.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan 30 yil avval u boyib ketgan, shuning uchun shahar markazida masjid qurilishi uchun yer sotib olishga qaror qilgan. Shuningdek u shahar atrofidan korxonalar sotib olgan.

    «Men hayotning barcha qiyinchiliklarini ko‘rdim. Menga hozir boylik ham hokimiyat ham kerak emas. Menga Qirg‘izistonda toza va adolatli hokimiyat kerak. Yoshlarning qoni zoye to‘kilmasin», — dedi Atambayev.

    Siyosatshunosning aytishicha, u mamlakatning taqdiri uchun tashvishda, chunki hozirgi hokimiyat begunoh fuqarolarni qamamoqda.

    «Ular meni ham qamoqqa tashlashga urinmoqda. Undan ko‘ra meni otib tashlasin, faqat xalqimning qoni to‘kilmasin. Yolg‘on gapirmayman, aldandim. Atrofingda hamma Sooronbay sening do‘sting desa, qanday qilib aldanmasliging mumkin? Konstitutsiyada prezident fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolati sifatida faoliyat yuritishi yoziladi. Ammo buning o‘rniga ular cheklanyapti», — dedi Almazbek Atambayev.

    Qirg‘izistondagi vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun sobiq prezident hukumatni to‘xtashga chaqirgan. Uning aytishicha, undan boshqa yana kimdir mamlakatdagi vaziyat haqida ochiqchasiga gapirishga jur’at qilolmaydi.

    » » Almazbek Atambayev: «Meni to‘xtatishning yagona yo‘li — o‘ldirish» (video)