Saudiya Arabistoni dollarni qulatish fikridan voz kechdi

  • 09 aprel 2019, 09:09
  • 674
  • Dunyo
  • Saudiya Arabistoni dollarni qulatish fikridan voz kechdi
    Saudiya Arabistoni hukumati neft uchun hisob-kitobda dollardan voz kechish istagida emas. Agar bu yuz bersa, AQSh dollari qadrsizlanib ketardi. Bu haqda podshohlikning energetika vazirligi matbuot xizmati vakili aytib o‘tdi.

    Vazirlik vakilining aytishicha, avval tarqalgan axborot “noto‘g‘ri va Saudiya Arabistonining bu masala bo‘yicha pozitsiyasini aks ettirmaydi”. Bundan tashqari, hukumatda ta’kidlanishicha, dollarda hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba podshohlik manfaati uchun ijobiy ishlagan.

    Vazirlikda ta’kidlanishicha, Ar-Riyod neft bozorini muvozanatlovchilardan biri sifatida juda katta javobgarlikka ega va shu sababli bir tomonlama tartibda bozordagi joriy holatni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘ladigan birorta qarorni qabul qilishga tayyor emas.

    Avvalroq Saudiya Arabistoni neft uchun hisob-kitob qilishda dollardan asosiy valyuta sifatida voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingan. Ar-Riyodning bu qarori AQShning OPEKga qarshi qonun loyihasiga qarshiligi bilan bog‘langan.

    NOPEC deb nom olgan ushbu qonun loyihasi AQSh konegressiga 2008 yildayoq kiritilgan, biroq Baram Obama prezidentligi vaqtida ko‘rib chiqilmagan. Hujjatni Donald Tramp prezidentligi vaqtida yana “hayotga qaytarishga” harakat qilinmoqda.

    » » Saudiya Arabistoni dollarni qulatish fikridan voz kechdi