11:05 / 09.04.2019
2 897

Poroshenko o‘zini rusiyzabon deb atadi va buni isbotlashga tayyorligini bildirdi

Poroshenko o‘zini rusiyzabon deb atadi va buni isbotlashga tayyorligini bildirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zini rusiyzabon odam deb atadi va buni isbotlash uchun diktant yoki insho yozishga tayyorligini bildirdi. Poroshenko bu haqda ICTV telekanalidagi “So‘z erkinligi” dasturida aytib o‘tdi.

Ukraina prezidenti mamlakat sharqi aholisiga murojaat qilib, hech kim ularning rus tilida so‘zlashish huquqiga rahna solmasligini ta’kidlab o‘tgan.

“Men o‘zim rusiyzabonman va men uchun rus tilida so‘zlashish mutlaq tabiiy ekanligini ko‘p marta aytganman”, deb ta’kidlab o‘tgan Poroshenko. Shu bilan birga u fuqarolarni ukrain tilini o‘rganishga chaqirgan va shundan keyin ularda “hammasi yaxshi bo‘lishiga” va’da bergan.

Ukrainada ta’lim va media sohasida rus tili mavjudligi sekin-asta kamaytirib borilmoqda. Ukrainaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunida “milliy ozchilik tillarida” o‘qitish faqat boshlang‘ich sinflarda qolishi, yuqori sinflarda va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim faqat ukrain tilida olib borilishi ko‘rsatilgan. Bunga ko‘plab davlatlar, jumladan Rossiya, Ruminiya, Polsha, Moldova, Bolgariya, Vengriya va Gretsiya norozilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko o‘zini rusiyzabon deb atadi va buni isbotlashga tayyorligini bildirdi