14:59 / 09.04.2019
2 776

Qozog‘istonda muddatdan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilmoqda

Qozog‘istonda muddatdan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilmoqda
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Kasim Jomart Tokayev mamlakatda muddatdan ilgari prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishini ma’lum qildi hamda Qozog‘iston halqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi murojaatida quyidagilarni ma’lum qildi:

“Bugun mamlakatimiz hamda har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan xabarni e’lon qilmoqchiman. Davlatimiz Konstitutsiyasiga muvofiq Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovini 2019 yilning 9 iyun sanasida o‘tkazishni ma’qullayman.

Bunday yechimga kelishdan oldin Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim. Parlamentning qo‘shpalatasi spikeri, Bosh vazir bilan suhbatlashdim. Konstitutsiyaviy kengash kelishuviga muvofiq Parlamentdagi partiyalar yetakchilari bilan ham maslaxatlashib, navbatdan tashqari Prezidentlik saylovini o‘tkazishni muhim qadam, deb bildim.

Men Kasim-Jomart Tokayev kelgusida o‘tajak prezidentlik saylovini ochiq va oydin, odilona o‘tishi uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga va’da beraman”, – degan Prezident o‘z nutqida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda muddatdan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilmoqda