9 aprel kuni Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulovni qabul qildi, deb xabar bermoqda mamlakat birinchi prezidenti matbuot xizmati. Nazarboyevning uchrashuv davomida ta’kidlashicha, birinchi navbatda yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarga e’tibor qaratish kerak.
«Ular ishonchli bo‘lib qolishi kerak», - dedi Nazarboyev.
Birinchi prezidentga hozirgi faoliyat va vazirlik ishi bo‘yicha bo‘lajak rejalar haqida ma’lumot berilgan.
Nazarboyev Qozog‘istonning strategik sheriklari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ko‘p tomonlama chora-tadbirlarni amalga oshirish va tashqi siyosiy yo‘nalishning uzluksizligini ta’minlash muhim ekanini aytgan.
- Qozog‘istonda juda jiddiy siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Biz butun dunyoga Konstitutsiya doirasida harakat qilib, hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘tishini ta’minlab berayotganimizni ko‘rsatdik. Ushbu tadbir har bir kishi uchun muhim ahamiyatga ega. Hozir eng muhimi - ilgari ishlab chiqilgan tashqi siyosatning o‘zgarmasligi. Avvalo, yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarga e’tibor qaratish lozim. Ular ishonchli bo‘lib qolishi kerak, - dedi N.Nazarboyev.
Qozog‘iston birinchi prezidenti bo‘lajak xorijiy safarlar va xalqaro tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini bildirdi.
- Ayni paytda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, Janubiy Koreya prezidentining Qozog‘istonga tashrifi. Ikkinchidan, Xitoy Xalq Respublikasiga «Bir kamar, bir yo‘l» forumida ishtirok etish uchun safar qilish. Shuningdek, besh yilligini poytaxtimizda nishonlaydigan YeOII yubiley sammitiga munosib tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlash lozim, - dedi Nursulton Nazarboyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi