23:53 / 09.04.2019
3 188

Afrikaning eng boy kishisi boyligiga ishonishi uchun bankdan 10 mln dollarni yechib oldi

Afrikaning eng boy kishisi boyligiga ishonishi uchun bankdan 10 mln dollarni yechib oldi
Nigeriyalik milliarder Aliko Dangote o‘ziga o‘zi boyligini isbotlash uchun bankdagi hisob raqamidan yirik miqdorda naqd pul yechib olganini aytdi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

Dangotening so‘zlariga ko‘ra, boyligi 12-13 milliard dollardan oshganida u buni shunchaki qog‘ozda yozilgan raqamlar deb o‘ylab qolgan. Milliarder bankka borgan va hisob raqamidan pul yechib olgan.

«Men 10 million dollar naqd pulni mashinamga yuklab uyga keldim, uyda bu pullarni tomosha qildim va "Yaxshi, endi pulim borligiga ishondim", dedim», — deydi Dangote.

U barcha pullarni ertasiga bankka topshirgan.
Dangote Afrikaning eng boy kishisi hisoblanadi. Uning boyligi 10,6 milliard dollar deb baholanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikaning eng boy kishisi boyligiga ishonishi uchun bankdan 10 mln dollarni yechib oldi