11:00 / 10.04.2019
2 496

Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada tovarlar markirovkasi bo‘yicha yagona operatorga aylandi

Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada tovarlar markirovkasi bo‘yicha yagona operatorga aylandi
Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM) Rossiya Federatsiyasida tovarlarni markirovkalash davlat tizimining rasmiy operatori maqomini oldi. Bosh vazir Dmitriy Medvedevning tegishli farmoyishi Rossiya hukumati saytida e’lon qilindi, deya yozmoqda Kun.uz nashri.

2017 yilda tashkil etilgan ITRM’ning 50 foizi Alisher Usmonovning USM Holdings’iga, 25 foizi - «Rostex» davlat korporatsiyasiga, 25 foizi - Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galitskiyga tegishli. Bundan avval ITRM turli sohalarda markirovkalash bo‘yicha sinov loyihalari operatori bo‘lgan, 2019 yil 1 iyundan boshlab esa mo‘ynani markirovkalash tizimi operatoriga aylanishi kerak.

2019 yilda Rossiya hukumati atir-upalar, shina va pokrishkalar, choyshablar, fotokameralar hamda ba’zi turdagi kiyimlarni majburiy markirovkalashni joriy etishni rejalashtirmoqda. 2024 yilga kelib markirovkalash tovarlarning barcha toifalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Markirovkalashdan maqsad - savdo shaffofligini oshirish va soxta mahsulotlarga qarshi kurash. Har bir tovar ishlab chiqarishdan sotuvga boradigan yo‘lgacha kuzatish imkonini beruvchi maxsus raqamli belgilar olishi lozim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada tovarlar markirovkasi bo‘yicha yagona operatorga aylandi