09:40 / 11.04.2019
4 020

Olamshumul kashfiyot: Qora tuynukning tarixdagi ilk surati olindi (video)

Olamshumul kashfiyot: Qora tuynukning tarixdagi ilk surati olindi (video)
Фото: EHT Collaboration/UCL
10 апрелда бутун дунё бўйлаб бир вақтда бўлиб ўтган 6 та матбуот-анжуманда қора туйнукнинг тарихдаги илк сурати дунёга тақдим қилинди. Суратда сайёрамиздан 55 ёруғлик йили узоқлигида жойлашган М87 (Мессье 87) деб аталувчи эллиптик галактика марказида жойлашган ўта массив қора туйнук тасвирланган. Бу объект ақлбовар қилмас ўлчамларга эга – у Қуёшдан 6,5 млрд марта ҳамда галактикамиз марказидаги Камончи А қора туйнугидан минг марта каттароқдир.

Суратнинг ўзига хослиги шундаки, бунгача қора туйнукнинг ҳар бир тасвири симуляция ёки назарий маълумотларга асосланган расм бўлган. Қора туйнукнинг батафсил сурати 8 та кучли радиотелескопни бирлаштирган Event Horizon Telescope лойиҳаси доирасида олинди. Бу сурат ушбу астрофизик объектлар мавжудligining 100 foizlik isboti hisoblanadi – avval qora tuynuklarni juda olisda joylashgani sababli koʻrishning iloji boʻlmagan, ularning qanday koʻrinishini faqatgina taxmin qilish mumkin boʻlgan. Shuningdek, qora tuynuk atrofidagi hodisalar gorizonti yorugʻ halqa yoki yarimoyga oʻxshashligi haqida nazariya mavjud boʻlgan.

Zamonamizning eng buyuk fiziklari Albert Eynshteyn va Stiven Xoking uchun adogʻi yoʻq mavzu boʻlgan qora tuynukning real tasviri haqiqatga aylandi. Bu obyektlarning oʻziga xosligi shundaki, ular ichida fizikaning barcha qonunlari amal qilishdan toʻxtaydi, vaqt toʻxtab qoladi, istalgan materiya va nur izsiz yoʻqoladi.

Suratdagi qora tuynuk ortidan kuzatuv 2017 yil bahorida olib borilgan, biroq olingan suratlarni qayta ishlash uchun olimlarga 2 yil vaqt talab etilgan.
Qora tuynukni aslida koʻrib boʻlmaydi va shu sababli suratda uning atrofidagi soyani koʻrish mumkin. Markazdagi obyekt esa aynan qora tuynuk hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olamshumul kashfiyot: Qora tuynukning tarixdagi ilk surati olindi (video)