09:20 / 12.04.2019
3 770

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistondagi muammolarda “mafiya”ni aybladi

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistondagi muammolarda “mafiya”ni aybladi
Qirg‘izistonda mavjud mafiya klani o‘g‘rilik, korrupsiya va yolg‘on qo‘llagan holda mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda. Bunday fikrni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlamentdagi nutqida aytib o‘tdi.

Jeenbekovning ta’kidlashicha, jinoiy klan vakillari turli yo‘llardan foydalangan holda o‘zlarini oqlashga urinadilar, bu esa katta miqdordagi davlat qarziga olib kelgan.

“Korrupsiyalashgan shaxslar sabotaji va ba’zi siyosiy kuchlarning qarshiligi holatlari uchramoqda. Uyushgan mafiya jinoiy klani a’zolarining korrupsiyaviy qilmishlari mamlakatimizga katta ziyon yetkazdi”, deb aytgan Qirg‘iziston rahbari.

Jeenbekov gap nima haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Biroq hukumatga bosim o‘tkazish maqsadida ko‘chalarga odamlarni olib chiqayotganlar xato qilayotganlarini ta’kidlab o‘tgan.

Jeenbekov shuningdek, Qirg‘iziston “ko‘cha tushunchalari” bo‘yicha emas, balki qonun bo‘yicha yashashiga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistondagi muammolarda “mafiya”ni aybladi