14:50 / 12.04.2019
2 922

Ronaldu qizi bilan o‘yinqaroqlik qildi (video)

Ronaldu qizi bilan o‘yinqaroqlik qildi (video)
2017 yilning 8 iyunida Krishtianu Ronaldu egizaklarning otasi bo‘lgandi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz nashri.

Qizaloq Yeva va o‘g‘il farzand Mateo Krishning ovunchoqlaridir. Ronalduda o‘g‘il farzandni tarbiyalash tajribasi bo‘lsa-da, qiz farzand qaysidir ma’noda kutilmagan holat bo‘ldi, negaki avvalboshda egizak o‘g‘il kutilgandi. Shunga qaramay, Krishtianu ijtimoiy tarmoqlarga qizalog‘i Yeva bilan vaqtichoqlik qilib o‘ynayotgani aks etgan videoroliklarni joylashtirdi.

Ronalduning bolalari tarbiyasi bilan futbolchining onasi shug‘ullanadi. Jurnalistlarning bolalarning onasi yo‘qligi haqidagi kurakda turmas savollariga esa Ronaldu bolalarini jonidan ortiq ko‘radigan otasi va buvisi borligini aytib javob qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu qizi bilan o‘yinqaroqlik qildi (video)