Homiladorlik ayol uchun eng muhim davr. Ayniqsa homiladorlikning perinatal davrida ayol alohida e’tiborga muhtoj bo‘ladi. Unga mehr bilan qarash, asrab-avaylash, eng muhimi, har doim bo‘lmasa-da qiyin vaziyatlarda yonida bo‘lish kerak. Facebook foydalanuvchisi Aldren Saril yuqoridagi holatlarni tushunganligi sababli ham homilador ayolini asrashga harakat qildi, qiyin vaziyatlarda yonida bo‘ldi. Biroq vaqt o‘tib ayolda to‘lg‘oq boshlanadi va erini chaqiradi. Aldren unga bir oz kutib turishini, ishini tugatib borishini aytadi. Uning ahvoli yomonlashayotgan edi. Ayol eriga qon bosimi oshganini xabar beradi. Ammo keyin ahvoli yaxshiligi to‘g‘risida eriga sms xabar jo‘natadi. Bu Aldrenning xotini bilan gaplashgan oxirgi daqiqalari edi.
Aldren ishdan chiqib uyiga, homilador ayolining yoniga oshiqdi. Lekin uyga kirganda xotini jonsiz yotardi. U qo‘shnilardan yordam so‘raydi. Ammo na qo‘shnilar va na shifokorlar ayolga yordam bera olishmadi. Shunday bo‘lsa-da shifokorlar kesarevo yo‘li bilan chaqaloqni tug‘dirib olishdi, afsuski, bola ham allaqachon o‘lgan ekan.
Bu Aldren uchun nihoyatda og‘ir vaziyat edi. U o‘limidan so‘ng ham birga bo‘lishi uchun yangi tug‘ilgan qizi va xotinini bir tobutga qo‘yishga qaror qiladi. Mahalliy aholi bir vaqtda ikki yaqinini yo‘qotgan Aldrenga dalda bo‘lishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan