06:35 / 13.04.2019
2 623

Litvada mamlakat uchun rekord bo‘lgan 200 kg osh damlanadi

Litvada mamlakat uchun rekord bo‘lgan 200 kg osh damlanadi
Foto: Facebook / «Osh — ko‘tarma bosh»
Litvaning Kaunas shahrida 14 aprel kuni mamlakat uchun rekord darajadagi — 200 kilogrammdan ziyodroq osh damlanadi. Bu haqda Facebook’dagi «Osh — ko‘tarma bosh» guruhiga litvalik foydalanuvchi (va oshpaz) Darius Lileikis yozib qoldirdi.

«Litva uchun osh rekordi bo‘ladi. To‘g‘ri, O‘zbekiston uchun bu kam — 200 dan ortiqroq. Men bundan ham ko‘prog‘ini pishirgan bo‘lardim. Ammo Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining narxi menga to‘g‘ri kelmadi. Ular 1000 litrli cho‘yan qozon uchun 21 500 yevro so‘radi, buni men uyatli narx deb hisoblayman. Ammo o‘zbek hamkasblarim bilan birga 14 aprel kuni Kaunasdagi yarmarkada Litva, O‘zbekiston va Tojikiston bayroqlari ostida mamnuniyat bilan osh damlashimdan faxrlanaman. Va bu Litva uchun rekord bo‘ladi», — deb yozdi Darius Lileikis.

Foto: Facebook / «Osh — ko‘tarma bosh»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litvada mamlakat uchun rekord bo‘lgan 200 kg osh damlanadi