OAV Poroshenko oilasi xorijga xufiyona chiqishda qo‘llaydigan ismlardan xabar topdi

  • 13 aprel 2019, 11:00
  • 762
  • Dunyo
  • OAV Poroshenko oilasi xorijga xufiyona chiqishda qo‘llaydigan ismlardan xabar topdi
    Ukrainaning “Strana.ua” internet-nashri amaldagi prezident Pyotr Poroshenko oilasi a’zolari mamlakat tashqarisiga xufiyona chiqishda qo‘llaydigan ismlarni ma’lum qildi.

    Jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, prezident oilasiga soxta hujjatlar Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan. Ismlar orasida Vera Lazareva (Vera Lazarieva), Ivan Dexterev (Ivan Dekhteriev), Yevgeniya Safonova (Evheniia Safonova), Aleksandr Sishikov (Oleksandr Syshchykov), Katerina Boyeva (Kateryna Boieva), Vitaliy Kokorin (Vitalii Kokorin), Yelena Senchenko (Olena Senchenko) va Olga Gerasimenko (Olha Herasymenko) bor.

    “Miqdor bo‘yicha barcha kattalar va kichkinalarning enagalariga yetadi”, deb aytilgan xabarda.
    Poroshenkoning oilasi o‘zi, rafiqasi, 4 farzandi, kelini va 2 nabirasi bilan 9 kishidan iborat.

    Poroshenkoning shaxsiy masalalar bo‘yicha amalga oshirgan parvozlari ro‘yxatiga ko‘ra, u oxirgi 2 yil ichida xufiyona ravishda 3 martadan Maldiv va Ispaniyada dam olgan hamda Norvegiya va Fransiyaga parvoz qilgan.

    2018 yilda Ukrainada Poroshenkoning Maldiv orollariga safaridan keyin mojaro avj olgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, prezident kurortda 1 yanvardan 8 yanvargacha Mr. Petro Incognito ismi ostida dam olgan. Ta’kidlanishicha, ushbu sayohat Poroshenkoga go‘yoki kamida 500 ming dollarga aylangan. Rasmiy so‘rovdan keyin prezident ma’muriyatida Poroshenkoning yangi yil ta’tili Maldivda o‘tgani tasdiqlangan, biroq tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

    Shundan keyin Kiyev tuman sudi bosh prokuraturaga davlat qo‘riqlash xizmati, Ukraina xavfsizlik xizmati, migratsiya xizmati xodimlarining Poroshenko va uning oila a’zolariga xorijga chiqish uchun soxta hujjatlar tayyorlashda hamda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga ko‘mak berishda xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishlari holati bo‘yicha tergov o‘tkazishga ko‘rsatma bergan.

    » » OAV Poroshenko oilasi xorijga xufiyona chiqishda qo‘llaydigan ismlardan xabar topdi