11:38 / 13.04.2019
2 744

Kim Chen In Tramp bilan uchinchi sammitga tayyor ekanini aytdi

Kim Chen In Tramp bilan uchinchi sammitga tayyor ekanini aytdi
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchinchi sammitni o‘tkazishga tayyordir. Bu haqda TASS Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan munosabatlar Xanoydagi oxirgi uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lganiga qaramasdan, yaxshi darajada saqlanib qolmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uchinchi sammitni o‘tkazish uchun AQSh hukumati Koreya yarim orolini yadrosizlantirish yuzasidan muzokaralarga o‘z yondashuvini o‘zgartirishi kerak. Kim Chen Inning qayd etishicha, joriy yil oxirigacha Vashington bunday «jasur» qaror qabul qilishini kutishga tayyor.

Bundan oldin, Tramp Kim Chen Indan KXDR yadro qurolini AQShga berishni talab qilgani xabar qilingandi.

Reuters’ning Trampda AQSh-Koreya ikkinchi sammiti vaqtida bo‘lgan hujjatga tayangan holda xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ikkinchi uchrashuv vaqtida, KXDR o‘z yadro qurolini AQShga berishi lozimligi bo‘yicha talab qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Tramp bilan uchinchi sammitga tayyor ekanini aytdi