08:40 / 14.04.2019
4 209

Oyda qancha odamning uchastkasi bor?

Oyda qancha odamning uchastkasi bor?
Yer yuzida qariyb 40 million kishining Oyda yer uchastkasi bor. Shundan 20 ming nafari rossiyaliklardir deb ma’lum qilayapti Oydagi yerni ham sotayotgan ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi NDV-Supermarket nedvijimosti kompaniyasi. Bu haqda Zarafshon nashri xabar berayapti.

Ushbu kompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra xaridorlarga taklif etilayotgan eng kichik Oy uchastkasi 1 akr, 40 sotixni tashkil etadi. Ana shu uchastkani narxi 3 ming rublni tashkil etadi. Shunda har kv.m. hududni narxi 0.75 rublga to‘g‘ri keladi. Kompaniya Rossiyada hamma tegishli hujjatlarni olgan holda qonuniy faoliyat yuritadi.

Oydagi hududlar uning Yerdan ko‘rinayotgan tomonidan sotilmoqda. Kompaniya hududning egaligi haqida maxsus sertifikat bermoqda. Shuningdek Oydan uchastka sotib olganlar o‘z hududlarini bemalol maxsus uskunalar bilan tomosha qilsalar bo‘ladi.

Kompaniya tomonidan berilayotgan sertifikatlarda Oydan berilayotgan hududni garovga qo‘yib bo‘lmasligi, soliqqa tortilmasligi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyda qancha odamning uchastkasi bor?