09:10 / 14.04.2019
7 681

Turk aktyori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi

Turk aktyori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi
Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit va uning rafiqasi – turk aktrisasi Faxriya Evjen ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bu haqda Milliyet nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Faxriya Evjen vazni 3,67 kg, bo‘yi 52 sm keladigan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Chalaqoqqa Karan ismi berilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, O‘zchivit tug‘uruq vaqtida rafiqasini qo‘llab-quvvatlab turgan hamda quvonchdan ko‘z yoshlarini ushlab tura olmagan.

Aktyor Show TV kanali bilan telefon orqali suhbatda tug‘uruq yaxshi o‘tganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, ona va farzand o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va yaqin orada shifoxonadan chiqariladilar.

O‘zchivit va Evjenning to‘yi 2017 yil 29 iyunda bo‘lib o‘tgan. Burak va Faxriya "Choliqushi" seriali s’yomkalari vaqtida tanishishgan, ular bu serialda bosh rollarni ijro etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk aktyori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi