Ikki yil avval 450 mln dollarga sotilgan, mashhur rassom Leonardo da Vinchining “Dunyo haloskori” surati qalbaki bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Post nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Agar bu rost bo‘lsa, unda suratning haqiqiy narxi bor-yo‘g‘i 1200 dollarni tashkil qiladi.
Bu haqda san’atshunos Ben Lyuis ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Londondagi milliy galereya surat savdosi ishtirokchilaridan mutaxassislar guruhining surat nusxa bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosasini yashirgan. Suratni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon xarid qilgan.
Lyuis baholovchilarning surat bo‘yicha fikrlari turlicha bo‘lganini tasdiqlagan.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Badiiy san’at muzeyi xodimlari suratni topa olishmayotgani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, surat Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yo‘qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi