14:30 / 14.04.2019
3 595

Umar Bashirga u ag‘darilgani haqidagi xabar qanday yetkazildi?

Umar Bashirga u ag‘darilgani haqidagi xabar qanday yetkazildi?
Sudan OAVdan bo‘lgan «Intiboha» gazetasi ishonchli manbalariga tayanib, Sudanning sobiq rahbari Umar Bashirga hokimiyatdan ag‘darilgani xabarini berilishi lahzalari va uning vasiyati qanday bo‘lgani haqida xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, armiya bosh inspektori general-leytenant Abdulfattoh Burhon va mudofaa sanoati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Zayniddin Obidin payshanba kuni bomdod vaqtida Bashirning qarorgohiga borishgan. U masjidda bomdod namozini ado qilish uchun tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Gazeta keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Oliy xavfsizlik qo‘mitasi vakillari namozdan so‘ng uning yoniga borishgan va qo‘mita mamlakatdagi holatdan xavotirda ekanini, holat nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini, qo‘mita ma’lum cheklangan vaqt mobaynida hokimiyatni egallashi va uni uy qamog‘iga mahkum etishga qaror qilganini yetkazishadi. Umar Bashir buni nihoyatda xotirjamlik bilan qabul qiladi va ularga: «Yaxshi... faqat sizlarga mamlakatni haqqiga rioya qilishingizni va shariatga amal qilishingizni vasiyat qilaman», deydi.

Xavfsizlik qo‘mitasi prezidentni qo‘riqlaydigan qo‘riqchilarni 90 dan ortiq askarga almashtiradi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umar Bashirga u ag‘darilgani haqidagi xabar qanday yetkazildi?