18:18 / 14.04.2019
5 444

Singapurdagi aeroportda dunyodagi eng baland yopiq sharshara qurildi (foto, video)

Singapurdagi aeroportda dunyodagi eng baland yopiq sharshara qurildi (foto, video)
Foto: Instagram
Safdie Architects arxitektura kompaniyasi Singapurning Changi aeroportida dunyodagi eng baland yopiq sharsharani qurdi, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Sharshara shisha gumbaz ostida joylashgan bo‘lib, unda do‘konlar, ommaviy joylar va mingdan ortiq daraxtli manzarali bog‘ mavjud. Maxsus tizim yog‘ingarchilik davrida sharshara uchun suv to‘playdi. Bu suv bog‘da o‘simliklarni sug‘orishga ketadi. «Yomg‘ir girdobi» deb nomlangan sharshara 40 metr balandlikka yetadi va bir daqiqada 37 ming litrgacha ko‘tarilishi mumkin.

Gumbazning tomi yuqori chidamli shishadan tayyorlangan, bu esa binoda yorug‘lik miqdorini ko‘paytiradi va o‘simliklar uchun qulay sharoit yaratadi. Shisha panel samolyotlar parvozi va qo‘nish vaqtida shovqinni yo‘qotish uchun maxsus bo‘shliqlarga ega.

Sharshara va jamoat joylari bilan gumbaz qurilishi to‘rt yil davom etgan va 1,25 milliard dollarga tushgan. Aeroportning rasmiy ochilish marosimi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurdagi aeroportda dunyodagi eng baland yopiq sharshara qurildi (foto, video)