07:13 / 16.04.2019
4 982

Xitoyda odamlar namoz o‘qiyotgan masjid buzishga kirishildi (video)

Xitoyda odamlar namoz o‘qiyotgan masjid buzishga kirishildi (video)
Xitoyning Gansu provinsiyasi Gajuang qishlog‘idagi masjid ichida odamlar namoz o‘qiyotgan paytda buzishga kirishildi. Bu haqda “Musulmonlarga qarshi zulmlarni hujjatlashtirish” guruhining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xui musulmonlariga tegishli mazkur masjidni buzish asnosida bir necha kishi yaralangan, masjidning buzilishi haqida esa oldindan hech qanday xabar berilmagan.

“Musulmonlarga qarshi zulmlarni hujjatlashtirish” guruhining sahifasida e’lon qilingan videoda hodisa qanday ro‘y berganini ko‘rish mumkin.

“Buzilganini qarang, bu ahvolni qarang. Odamlar, qaranglar, hatto yapon bosqinchilari kelganda ham, bunday vayronagarchiliklar qilmagandi. Ey, kommunistik partiya a’zolari, nazoratchilari, uyalmaysizlarmi bunday qilgani? Yana o‘zlaringizni ziyoli deb ataysizlar, uzoq tarixli boy madaniyat haqida gapirasizlar. Odamlar qaranglar, qaranglar. Maxsus texnikani keltirib, hali ichida odamlar bo‘la turib, masjidni buzyapti bular. Axir ichida odami bor binoni buzganida, qanchalab odamlar hayotiga zomin buladi-ku. Bu partiya a’zolari o‘zlarini rahbar deb ataydi, qanaqa rahbar o‘zi bular, kimning rahbarlari?” – deydi videoni tasvirga olgan kishi.

OAVda chiqqan xabarlarga ko‘ra, mazkur masjid bir oy muqaddam foydalanishga topshirilgan. Masjidning me’moriy ko‘rinishi “haddan tashqari arabcha” bo‘lgani sababli xitoylik rasmiylar uni buzishga buyruq bergani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda odamlar namoz o‘qiyotgan masjid buzishga kirishildi (video)