Zelenskiy Poroshenkoni telekanallar bo‘ylab yurmasdan ish bilan shug‘ullanishga chaqirdi

  • 15 aprel 2019, 20:58
  • 705
  • Dunyo
  • Zelenskiy Poroshenkoni telekanallar bo‘ylab yurmasdan ish bilan shug‘ullanishga chaqirdi
    Ukrainadagi prezident saylovlarining 1-bosqichi g‘olibi Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni telekanallar bo‘ylab yurmasdan, real ishlar bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

    Zelenskiy Telegram’da Poroshenkodan “men eshitdim” degan so‘zlarni eshitishni emas, balki amaliy ishlarni kutib qolishini yozgan. U jamoat faoli Katerina Gandzyukning qotillari hamon ozodlikda ekaniga amaldagi prezidentning e’tiborini qaratgan.

    Zelenskiyning fikricha, jurnalistlar mudofaa sektorida korrupsiyada fosh qilingan Ukrainaning milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq bosh kotib o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy-Svinarchuk va uning o‘g‘li Igorni panjara ortiga jo‘natish lozim.

    Bundan tashqari, Zelenskiy Poroshenkoga panjara ortida o‘tirgan ukrainalik dengizchilar haqida eslatib qo‘ygan.

    Zelenskiy, shuningdek, prezidentni uning vazifalariga kiruvchi ishlar bilan shug‘ullanishga chaqirgan. Uning aytishicha, shoumen prezidentga aylanishi mumkin, biroq prezidentning shoumenga aylanishi ranjitmasdan qo‘ymaydi.

    O‘tgan hafta Poroshenko “1+1” telekanali jonli efirida Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, unga 40 daqiqa ichida debatlarga kelishni taklif qilgan. Shoumen unga rad javobini bergan va shundan keyin nomzodlar bahslashib ketishgan.

    3 kun o‘tgach, ya’ni 14 aprelda Poroshenko debatlar uchun “Olimpiyskiy” stadioniga kelgan, biroq bu safar ham Zelenskiy kelishni lozim deb topmagan.

    Prezident saylovlarining 2-bosqichi 21 aprelga belgilangan. Ijtimoiy so‘rovnomalar ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy ushbu bosqichda 61 foiz ovoz, Poroshenko 24 foiz ovoz to‘playdi.

    » » Zelenskiy Poroshenkoni telekanallar bo‘ylab yurmasdan ish bilan shug‘ullanishga chaqirdi