Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida Moskvaga Belarusdan olib kelingan sut mahsulotlari uchun bozorni to‘liq ochish majburiyatini yuklovchi qaror bekor qilinishini talab qilmoqda. Bu haqda «Kun.uz» nashri yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi majlisida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) qarorini bekor qilishga erishmoqchi. YeIK qarori bilan Moskvaga ichki bozorga aloqador, jumladan, tashkilotga a’zo davlatlar ishlab chiqarilgan istalgan tovarlarni kiritish to‘g‘risidagi YeOII normalariga rioya etish majburiyati yuklangan.
Bundan avval, Rosselxoznadzor Belarusdan sut mahsulotlari olib kirilishini cheklab qo‘yib, bunga belaruslik tegishli organlar past sifatdagi, yaxshi quvvatlari va uskunalari bo‘lmagan korxonalarda ishlab chiqariluvchi sut mahsulotiga sertifikatlar berayotganini sabab sifatida ko‘rsatdi. Xususan, Rossiyaga 2,5 litrdan ortiq hajmda Belarus suti, qaymog‘i va kukunli sutini olib kirish taqiqlangan.
YeIK bunday chora YeOII qonunchiligini buzadi, deb tan oldi. Biroq, Rossiya o‘z bozorida Belarus mahsulotlarini kamsitmayotgani, sababi mahsulotlarni kichik hajmlarda olib kirishga ruxsat mavjudligi haqida ta’kidlab kelyapti.
YeIKning taqiqni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori fevral oxirida kuchga kirdi, Moskva surishtiruv vaqtida u to‘xtatib turilishiga erishmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?