19:58 / 17.04.2019
4 570

Daniyalik radikal siyosatchi Qur’onga yana hurmatsizlik qildi

Daniyalik radikal siyosatchi Qur’onga yana hurmatsizlik qildi
Daniya poytaxti Kopengagenda radikal siyosatchi Rasmus Paludan Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgandan keyin kelib chiqqan to‘polon tufayli politsiya 23 kishini ushlagan. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Stram Kurs partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan musulmonlar zich yashaydigan Noerrebro mavzesiga kelib, Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgan, shundan keyini muqaddas kitobni oyog‘i bilan ezgan.

Mamlakat bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussen Paludanning harakatini “ma’nosiz provokatsiya” deb atab, uni xalq orasida fitna tarqatishga urinishda aybladi.

Rasmus Paludan 22 mart kuni Daniya parlamenti oldida o‘qilgan juma namoziga e’tiroz bildirib, Qur’oni Karimni yoqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniyalik radikal siyosatchi Qur’onga yana hurmatsizlik qildi