00:30 / 18.04.2019
3 184

Sudanning sobiq prezidenti qamoqxonaga jo‘natildi

Sudanning sobiq prezidenti qamoqxonaga jo‘natildi
Sudanning sobiq prezidenti Umar Bashir poytaxt Xartumdagi Kobar qamoqxonasiga jo‘natilgan. Oilasining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, u 11 apreldan beri prezident qarorgohida saqlanayotgan edi.

Sudanda qimmatchilik tufayli boshlangan norozilik namoyishlari mamlakatni o‘ttiz yildan beri boshqarib kelayotgan Umar Bashirning harbiylar tomonidan to‘ntarilishi bilan yakunlandi.

O‘tgan haftada harbiylar prezidentni hokimiyatdan chetlatdi, mamlakatni boshqarish uchun Muvaqqat harbiy kengash tuzildi. Kengash sobiq prezidentning Xalqaro jinoyat sudiga topshirilmasligini va Sudanda sud qilinishini bildirdi. Ma’lumki, 2008 yilning 21 iyulida Xalqaro jinoyat sudi Darfurda genotsid uyushtirish ayblovi bilan Umar Bashirni hibsga olishga order bergan.

Yetmish besh yoshli Bashirning o‘zi ham hokimiyatga harbiy to‘ntarish orqali kelgan edi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sudanning sobiq prezidenti qamoqxonaga jo‘natildi