16:10 / 19.04.2019
3 564

«Novaya gazeta» Dmitriy Medvedev qo‘riqchisining Rublyovkada uyini aniqladi

«Novaya gazeta» Dmitriy Medvedev qo‘riqchisining Rublyovkada uyini aniqladi
Foto: «TASS»
Rossiyaning «Novaya gazeta» nashri Dmitriy Medvedev qo‘riqchilari boshlig‘ining Rublyovo-Uspenskiy shossesida uyi borligini aniqladi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Nashr Mixail Mixeyevning dang‘illama uyini bir milliarddan ortiqroqqa baholamoqda. Davlat reyestrida dang‘illama uyning generalga tegishli ekanligi haqida ma’lumot yo‘q. Biroq uy Natalya Mixeyeva ismli ayolning nomiga rasmiylashtirilgan.

Hududda 1,5 ming kvadrat maydonga ega, ikki qanotli, yopiq galereyali uy joylashgan.
Nashr Natalya Mixeyeva generalga kim bo‘lishi va uyning qancha turishini aniqlashga urindi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Novaya gazeta» Dmitriy Medvedev qo‘riqchisining Rublyovkada uyini aniqladi