Ukraina poytaxti Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Pyotr Poroshenko va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida debatlar bo‘lib o‘tdi. Debatlarni tribunalardan 22 ming kishi kuzatgan.
Siyosatchilar debatlar davomida Donbassdagi qurolli ixtilof haqida gapirar ekanlar, sahnada tiz cho‘kdilar.
Zelenskiy Maydan vaqtida urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldida tiz cho‘kishga tayyor bo‘lganini eslab o‘tgan. “Men o‘z o‘g‘lini yo‘qotgan har bir ona, o‘z erini yo‘qotgan har bir ayol oldida tiz cho‘kishga tayyorman. Men bunga tayyorman va hozir buni qilaman. Siz ham buni qiling”, deb aytgan Zelenskiy Poroshenkoga yuzlanib.
Shundan keyin Zelenskiy tiz cho‘kkan. Poroshenko ham uning ortidan buni qaytargan, biroq buni tomoshabinlarga orqasini o‘girgan va uni sahnada qo‘llab-quvvatlayotgan Donbassdagi jangchilarga yuzlanib bajargan. “Ko‘rdingizmi, qanchalik oson”, deb kinoya qilib qo‘ygan Zelenskiy. U, shuningdek, Donbassdagi urushni to‘xtatish uchun barcha ishni qilishini aytgan.
Poroshenko raqibining “Mamlakatni 5 yil shunday boshqarganingiz uchun uyalmaysizmi?” degan savoliga “Javob – yo‘q, Men Ukraina va 5 yil bilan faxrlanaman”, deb javob qilgan.
Amaldagi prezident Ukraina xalqining har qanday tanlovini qabul qilishini aytgan.
“Qadrli ukrain xalqi, shuni ta’kidlay olamanki, men ukrain xalqining 21 apreldagi har qanday tanlovini qabul qilaman va 22 aprelda hayot davom etaveradi hamda 22 aprelda davlatni himoya qilish uchun birlashishimiz lozim. Asosiysi – davlatni yo‘qotmaslik”, deb aytgan Poroshenko.
Ukrainada prezident saylovlarining 2-bosqichi 21 aprelda bo‘lib o‘tadi. 18 aprelda e’lon qilingan oxirgi reytinglarga ko‘ra, kimga ovoz berishni o‘zi uchun hal qilgan saylovchilarning 70 foizi Zelenskiyga, 27 foizi Poroshenkoga ovoz berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»