Jambulda halokatga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan

  • 20 aprel 2019, 14:19
  • 792
  • Dunyo
  • Jambulda halokatga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan
    Foto: Tengrinews.kz
    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonning Jambul oblasti hududida, «Olmaota—Toshkent» yo‘lidagi yo‘lovchi avtobus halokati bo‘yicha ma’lumot berdi.

    O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligidan ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda bu hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqida axborot mavjud emas. Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonning 7 nafar fuqarosi tan jarohatlari bilan O‘tror va Qordaydagi shifoxonalarga yotqizilgan.

    Xususan, O‘trordagi shifoxonaga yotqizilganlar:
    1. Marhamat Jumaniyozova, 1996 yilda tug‘ilgan, Xiva shahridan;
    2. Rohila Ahmetova, 1994 yilda tug‘ilgan;
    3. Shodlik Maqsudovich Jabborov, Xiva shahridan;
    4. Otabek Abdullayevich Matjonov, 1985 yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘istondan;
    5. Sardor Anorboy o‘g‘li Haydarov, 1994 yilda tug‘ilgan.

    Qordaydagi shifoxonaga yotqizilganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bor:
    1. Islomiddinov Abuxattar o‘g‘li, 1997 yilda tug‘ilgan;
    2. Zovodbek Muhammadjonov, 1999 yilda tug‘ilgan.

    20 aprel kuni tongda, mahalliy vaqt bilan soat 05:09da Qozog‘iston janubidagi Jambul oblasti Qorday tumani hududida, «Olmaota—Toshkent» trassasining 181-kilometrida Van Hool rusumli yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Avtobusdan oldinda ketayotgan Toyota Camry avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashgach, haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga uringan va avtobus ag‘darilib ketgan.

    Foto: Tengrinews.kz
    Hodisa joyida 8 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, keyinroq ularning 3 nafari vafot etgan.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Olmaotadagi Bosh konsullik Qozog‘istonning Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamenti bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Hodisa joyiga Bosh konsullik xodimi yo‘l olgan.

    Фикрлар

    » » Jambulda halokatga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan