14:50 / 20.04.2019
6 399

Rossiyada muzlab qolgan o‘zbekistonlik yigitning skeleti topildi (foto)

Rossiyada muzlab qolgan o‘zbekistonlik yigitning skeleti topildi (foto)
Foto: UZ24
17 aprel kuni Rossiyaning Orenburg viloyati Akbulak qishlog‘ida erkak kishining jasadi qoldiqlari topilgan. Uning yonida O‘zbekistonning fuqarosi Sardor Norboyev nomiga berilgan pasport va telefon bo‘lgan, deb yozadi UZ24.

22 yoshli yigit qishda Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinib, muzlab qolgan. Bu haqda xorijiy nashrlarda xabarlar tarqalmoqda.

Foto: UZ24
Yigit qish faslida bedarak yo‘qolgan. 2019 yil 22 fevral kuni uning rafiqasi — Kseniya Norboyeva «Akto‘be e’lonlari» sahifasida turmush o‘rtog‘ini qidirishda yordam so‘rab e’lon joylashtirgan.

Foto: UZ24

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada muzlab qolgan o‘zbekistonlik yigitning skeleti topildi (foto)