15:53 / 21.04.2019
3 791

Malayziya shahzodasi shved ayoliga uylandi (foto)

Malayziya shahzodasi shved ayoliga uylandi (foto)
Foto: «Kl menjerit»
Malayziya sobiq qirolining 45 yoshli ukasi, Kelantan sultonligi valiahd shahzodasi Tengku Muhammad Fayz Petra Shvetsiyaning 32 yoshli fuqarosi Sofi Luiza Yoxansson bilan turmush qurdi. To‘y marosimida 300 nafar mehmon qatnashdi.

«Daily Mail» xabariga ko‘ra, to‘y eski saroyda — 1840 yili tiklangan sulton qarorgohida o‘tkazildi.
Shahzoda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i bilan Londonda o‘qib yurganida tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, kuyovning akasi — Malayziya qiroli Muhammad V «Moskva go‘zali» Oksana Voyevodina bilan o‘tgan yilning noyabrida turmush qurgan va mamlakat tarixida taxtdan voz kechgan birinchi qirolga aylangandi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziya shahzodasi shved ayoliga uylandi (foto)