19:20 / 21.04.2019
3 489

Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi

Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan Nur-Sultonga keldi, deb xabar berdi Kun.uz Qozog‘istonning Bnews.kz nashriga tayanib.

"Tashrif doirasida u Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashishi hamda Qozog‘iston-Koreya biznes-forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 18-21 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Koreya prezidenti 19 aprel kuni ikki davlat rahbari ishtirokidagi muzokaralarda va ikki davlat biznesmenlari ishtirokidagi biznes-forumda ishtirok etdi, 20 aprel kuni Toshkentda Koreys madaniyat va san’at uyi ochilishida qatnashdi hamda shu kuni Samarqand viloyatiga borib, tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Mun Chje In 21 aprel kuni Samarqanddan jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi