10:49 / 22.04.2019
10 665

Direktorining tegajog‘lik qilganini aytgan qizni tiriklayin yoqib yuborishdi

Direktorining tegajog‘lik qilganini aytgan qizni tiriklayin yoqib yuborishdi
Mazkur fojia 27 mart kuni sodir bo‘lgan. 19 yoshli qizning maktab direktori uni xonasiga chaqirgan va uning roziligisiz tegajog‘lik qila boshlagan deb yozadi Aniq.uz nashri.

Qiz direktorning ta’qibiga toqat qilolmay, politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya bo‘limi ofitseri qizning guvohligini mobil telefonga tasvirga olgan. Ko‘p o‘tmay ushbu video internet orqali tarqatib yuborilgan.

Maktab direktorini hibsga olishgan, qizga esa tahdid qila boshlashgan. Tahdidlarga qaramasdan 6 aprel kuni qiz maktabga borgan. Tanaffus vaqtida esa uni aldab tomga chaqirishgan va benzin sepib tiriklayin yoqib yuborishgan.

Qiz 10 aprel kuni vafot etgan. Nusratning dafn marosimiga minglab odamlar kelgan. Qizning o‘limidan so‘ng politsiya 15 kishini hibsga olgan. Qizni videotasvirga olgan ofitser esa ishdan bo‘shatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Direktorining tegajog‘lik qilganini aytgan qizni tiriklayin yoqib yuborishdi