Ukrainada 21 aprelda o‘tgan prezident saylovlarida prezident kursisini aktyor Vladimir Zelenskiyga boy bergan Pyotr Poroshenko keyingi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Poroshenko bu haqida Kiyevdagi Bank ko‘chasida tarafdorlari o‘tkazgan namoyishda e’lon qildi.
“Men siyosatdan ketmayapman. Biz yaqin kelajakdayoq umumiy g‘alabamizni ta’minlash uchun birlashamiz. Birgalikda parlament saylovlarida g‘alaba qilish uchun boramiz va keyingi prezident saylovlaridan keyin birgalikda Bank ko‘chasiga qaytamiz”, deb aytgan Poroshenko.
Namoy ish ishtirokchilari “bir yildan keyin” deya hayqira boshlashgan. Poroshenko jilmayib, “Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin-da”, deb javob qilgan.
21 apreldagi saylovlar natijalariga ko‘ra Poroshenko 25 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi Vladimir Zelenskiy esa 73 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi