21:23 / 23.04.2019
3 619

Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi (video)

Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi (video)
Qozog‘iston prezidenti, hukmron “Nur Otan” partiyasidan markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlari uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza bergan Qosim-Jomart Toqayev davlat tili, ya’ni qozoq tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirdi.

“Biz, ehtimol, eng asosiy da’vogar – amaldagi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevdan imtihon qabul qildik. U davlat tilini mukammal biladi”, deb xabar qilgan lingvistik komissiya raisi Mirzatoy Joldasbekov.

Davlat tilini erkin bilish Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qilinish uchun majburiy hisoblanadi.

Shuningdek, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, nomzod Qozog‘istonda tug‘ilgan, oxirgi 15 yil mamlakatda yashagan, oliy ma’lumotli va 40 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak. U, shuningdek, kamida 5 yil davlat ishi yoki davlat lavozimlarida ishlagan bo‘lishi lozim.

Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topshirdi. Uning o‘rnini bungacha parlament senati raisi bo‘lgan Toqayev egalladi. 23 aprelda “Nur Otan” partiyasi qurultoyida Nazarboyev 9 iyunda o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ishtirok etish uchun Toqayev nomzodini ilgari surdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi (video)