10:18 / 24.04.2019
3 600

Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslik tavsiya qilindi

Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslik tavsiya qilindi
Ukrainaning saylangan yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “birga-bir” formatida muzokaralar olib bormaslik, bu muzokaralarga uchinchi davlatlarni jalb qilish kerakligi tavsiya qilindi. Bunday taklifni Zelenskiy jamoasi a’zosi, mudofaa vazirligining sobiq xodimi Ivan Aparshin ZIK telekanali efirida bildirdi.

“Men Ukraina prezidentiga Putin bilan birga-bir uchrashishni tavsiya qilmayman. Men Putin biror narsani kafolatlashiga va umuman unga ishonmayman. Men bu formatga u “o‘yin qila olmaydigan” kuchli davlatlar jalb qilinsagina ishonishim mumkin”, deb aytgan Aparshin.

U bunday davlatlar sifatida AQSh va Buyuk Britaniyani aytib o‘tgan. Aparshinning fikricha, Ukraina prezidenti o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yetakchilari bilan ham muzokaralar olib bormasligi kerak.

Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlarining 2-bosqichida 73,22 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. U bu lavozimni saylovlar natijalari rasman e’lon qilingandan 30 kun ichida bajarishga kirishishi lozim. Zelenskiy Oliy radadagi tantanali yig‘ilishda xalq oldida qasamyod keltiradi, qasamyodni konstitutsiyaviy sud raisi qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslik tavsiya qilindi