22:21 / 24.04.2019
3 721

Kim Chen Inni Rossiyada karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi

Kim Chen Inni Rossiyada karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada bo‘lib turibdi. Uni Rossiyada nimalar mehmon qilishlari aniq bo‘ldi. Bu haqda Primore o‘lkasi rahbari Oleg Kojemyako Rossiya 24 telekanali efirida ma’lum qildi.

«Qabul vaqtida rus milliy taomlari tortiladi. Karam sho‘rva (borsh), chuchvara kabi rus oshxonasining o‘ziga xos taomlari bo‘ladi. Va albatta, ikra ham tortiladi. Mehmonlar o‘z oshpazlari bilan kelishgan, lekin ular bizning taomlarni tatib ko‘rishga qaror qilishdi»,- deydi Primore rahbari.

Kim Chen In ertaga, 25 aprel kuni Vladivostokda Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu Shimoliy Koreya rahbarining Putin bilan ilk uchrashuvi bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inni Rossiyada karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi