07:48 / 25.04.2019
4 162

People jurnali sayyoradagi eng go‘zal ayolni aniqladi

People jurnali sayyoradagi eng go‘zal ayolni aniqladi
Foto: People
People jurnalining yozishicha, amerikalik aktrisa Jennifer Garner sayyoradagi eng go‘zal ayol deb topildi. Uning surati jurnal maxsus sonining muqovasida nashr qilindi.

Nashrda aytilishicha, aktrisa Gollivud filmlarida suratga tushishga, o‘zining Upon a Farm organik mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasini boshqarishga hamda bolalarga yordam beruvchi Save the Children harakatida ishtirok etishga ulguradi. Bundan tashqari, u 3 farzandning onasi hamdir.

Foto: People
People’ga bergan intervyusida 47 yoshli aktrisa yoshligida o‘zini chiroyli deb his qilmagani, ota-onasi hech qachon uning tashqi ko‘rinishi haqida yoqimli gaplar aytmaganini tan olgan. Shuningdek, hozirda ham bo‘sh vaqtida sport uslubida kiyinishini va tuzukroq pardoz qila olmasligini qo‘shib qo‘ygan.

Garner fotosessiyadan uyga qaytgach o‘zini biroz go‘zal his qilishini aytgan. Ammo farzandlari undan pardozini yuvib tashlashini va sochlarini yoyishini so‘raydi.
«Buni men xushomad deb qabul qilaman. Ular meni o‘zining oddiy onasi kabi ko‘rishni xohlaydi», — deydi u.

Jennifer Garner — aktrisa va prodyusser. U «Perl-Xarbor», «Qo‘lingdan kelsa, meni tutib ol», «Dallasdagi xaridorlar klubi» va «Avliyo Valentin kuni» filmlari bilan mashhur. 2005 yil u Ben Afflekka turmushga chiqqan. 2017 yilda esa ajrashgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » People jurnali sayyoradagi eng go‘zal ayolni aniqladi