Putin Kim Chen In bilan yuzma-yuz muloqotda nimalar haqida gaplashganini aytdi

  • 25 aprel 2019, 15:50
  • 1 006
  • Dunyo
  • Putin Kim Chen In bilan yuzma-yuz muloqotda nimalar haqida gaplashganini aytdi
    Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan yuzma-yuz muloqotni batafsil deb atadi va tilga olingan mavzularni sanab o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

    «Biz davlatlararo munosabatlarimiz tarixi haqida ham gaplashib oldik. Bugungi kun, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi», - dedi Putin.

    Shuningdek, davlat rahbarlari Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilishdi.
    «Vaziyat yaxshilanishi uchun ijobiy istiqbollarga ega bo‘lish maqsadida nimani va qanday qilish kerakligi haqida fikr almashdik», - deya qo‘shimcha qildi u.

    Uchrashuv Uzoq Sharq federal universitetining Russkiy orolidagi kampusida bo‘lib o‘tdi.
    Ikki soat davom etgan yuzma-yuz muloqotdan keyin muzokaralar ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan shaklda davom ettirildi.

    Bundan oldin, Putin Kim Chen Inni kutib olgani, yetakchilar yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazgani [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly96YW1pbi51ei9kdW55by81MzAxMi12bGFkaW1pci1wdXRpbi1raW0tY2hlbi1pbm5pLWt1dGliLW9sZGktdmlkZW8uaHRtbA%3D%3D]xabar qilingandi[/leech].

    Фикрлар

    » » Putin Kim Chen In bilan yuzma-yuz muloqotda nimalar haqida gaplashganini aytdi