Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (video)

  • 25 aprel 2019, 15:38
  • 1 199
  • Dunyo
  • Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (video)
    Qozog‘istonda 16 aprel kuni 1990—1991 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi S.Yani o‘zi yashaydigan uydan kuch ishlatib o‘g‘irlab ketgan, deb xabar beradi «Zakon.kz» ga tayanib "Daryo".

    Ular jabrlanuvchi fuqaroning do‘sti — O‘zbekiston fuqarosi M.Sdan 300 ming tanga talab qilgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar avvalroq M.Sdan qo‘rqitish usuli bilan 100 ming tanga undirgan.

    Hozirda uch nafar shaxsning hammasi qo‘lga olingan. Shuningdek, jabrlanuvchilardan biriga tegishli «Lada Largus» avtomashinasi kaliti musodara qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
    Mazkur holat aks etgan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

    Фикрлар

    » » Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (video)