Jonni Depp raqqosa Polina Glenga uylanmoqda (foto)

  • 25 aprel 2019, 17:13
  • 1 236
  • Dunyo
  • Jonni Depp raqqosa Polina Glenga uylanmoqda (foto)
    "Karib dengizi qaroqchilari" filmi bosh qahramoni, Gollivud aktyori Jonni Depp Sankt-Peterburglik 21 yoshli Polina Glen bilan uchrashib yurgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Polina Glen allaqachon 55 yoshli aktyorning uyiga ko‘chib o‘tgan va yaqinda ularning to‘yi bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Depp va Glen bir yil avval Los-Andjelesdagi bazm oqshomlarining birida uchrashib qolishgan. Avvaliga qiz uning kimligini bilmagan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi munosabat jiddiylasha borgan.



    Aktyor 2016 yil sobiq xotini, aktrisa Ember Xyord bilan o‘rtalaridagi nizo sabab ajrashadi. Ammo haligacha sud orqali ularning munosabatlari davom etmoqda. Jonni Depp esa bularga e’tibor bermay yana uylanish fikrida...


    Фикрлар

    » » Jonni Depp raqqosa Polina Glenga uylanmoqda (foto)