Erdog‘an Fransiyaga: «Avval o‘zingga boq...»

  • 25 aprel 2019, 20:23
  • 1 913
  • Dunyo
  • Erdog‘an Fransiyaga: «Avval o‘zingga boq...»
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Fransiyada 24 aprelning armanlar genotsidini xotirlash kuni sifatida o‘tkazilganini tanqid qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

    Erdog‘an Fransiyani Ruanda va Jazoirda qatliom va genotsid o‘tkazishda aybladi.
    "Armanlar masalasi va terrorga qarshi kurash bo‘yicha Turkiyaga inson huquqlari va demokratiya darsini berishga urinayotganlarning barining o‘tmishi qonli", – dedi Turkiya rahbari. – Yigirma besh yil avval Ruandada 800 ming kishini kimlar qirgani ma’lum va buning aybdori fransuzlardir. Jazoirda yuz minglab kishini qirganlar ham fransuzlar”.

    Armanlar 1915 yilda Turkiyada genotsid o‘tkazilganini iddao qilib keladi, biroq Turkiya buni rad etadi. Shu sababli Turkiya va Armaniston o‘rtasida diplomatlik munosabatlar mavjud emas.

    Фикрлар

    » » Erdog‘an Fransiyaga: «Avval o‘zingga boq...»