13:20 / 27.04.2019
2 863

Bishkekda bayram: konsertda “Yalla” guruhi va Sogdiana ishtirok etadi

Bishkekda bayram: konsertda “Yalla” guruhi va Sogdiana ishtirok etadi
Bishkek shahar meriyasi poytaxt kuniga bag‘ishlangan tadbirlar dasturini e’lon qildi.
Bishkek shahri kuni 29 aprelda nishonlanadi. Asosiy bayram tadbiri Ala-Too maydonida boshlanadi.

Qirg‘izistonlik muxlislar oldida O‘zbekistondan “Yalla” guruhi, rossiyalik xonanda Sogdiana chiqish qiladi.
Konsertdan so‘ng olti daqiqali mushakbozlik rejalashtirilgan. Shahar kuni odatda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida nishonlanadi.

Qoidaga ko‘ra, bu bayram dam olish kunlarida nishonlanadi. Shahar ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlari uchun katta bayram dasturlar - konsertlar, sayillar, yarmarkalar, tanlovlarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda bayram: konsertda “Yalla” guruhi va Sogdiana ishtirok etadi