14:09 / 28.04.2019
4 426

Oksford universiteti professori: O‘zga sayyoraliklar odamlar orasida

Oksford universiteti professori: O‘zga sayyoraliklar odamlar orasida
Oksford universiteti professori Yang-xe Chining o‘zga sayyoraliklar nazariyasi haqidagi yangi kitob nashrdan chiqdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Yang-xe Chining fikricha, o‘zga sayyoraliklar yerliklar bilan birga yangi gibrid turni yaratmoqchi. U tur global isish paytida insoniyatni saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, gibrid tur insoniyat yadro urushi kabi jiddiy inqirozga duch kelgan vaqtda paydo bo‘ladi.

Foto: Mirror
O‘zining yangi «O‘zga sayyoraliklarning tashrifi va insoniyatning tugashi» kitobida professor o‘zga sayyoraliklar o‘z biotizimida qanday qilib yashashga harakat qilishi tushuntirilgan.

Foto: Mirror
Kitobda professor 4 turdagi: kichik, bo‘yi baland va sochi yo‘q, ilon ko‘zli, hasharotsimon o‘zga sayyoraliklar haqida gapirib o‘tgan.
Uning aytishicha, hasharotsimon o‘zga sayyoraliklar yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘ladi hamda boshqa turlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oksford universiteti professori: O‘zga sayyoraliklar odamlar orasida