23:23 / 28.04.2019
4 190

Jirinovskiy Rossiya Ukrainani qanday «bo‘lib olishi»ni ko‘rsatib berdi

Jirinovskiy Rossiya Ukrainani qanday «bo‘lib olishi»ni ko‘rsatib berdi
RLDP partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy o‘z tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan tort misolida Rossiya Ukrainani qanday bo‘lib olishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Sputnik «RIA Novosti» xabariga asosan.

Ijtimoiy tarmoq sahifasida joylashtirilgan videolavhada, Jirinovskiy o‘ziga xos bo‘lgan hazilomuz ohangda shunday dedi: «Men har doim aytganman, Kiyev hech qachon Ukrainaga tegishli bo‘lmagan yerlarga xo‘jayinlik qilmoqda. Dneprning chap qirg‘og‘i, Novorossiya hududi – bu rus yerlari va ular Moskva qo‘l ostiga qaytadi.

«Rossiya-1» jurnalistlari menga Ukraina shaklida tort sovg‘a qildi. Hozir biz uni adolat bilan bo‘lib olamiz. Mayli G‘arb tomonda joylashgan uchdan bir qismi Ukrainaga qolsin. U tomon — «Galitsiya» deb nomlansin. Ularga shu qoladi. Qolgani esa Rossiya bayrog‘i ostiga o‘tadi.

Tort juda mazali. Ko‘rayapsizmi men uni qanday ohista kesayapman. Hech kimga yomonlik qilish niyatim yo‘q. Uchdan biri ularga, uchdan ikkisi – bizga», — deydi hazilkash Jirinovskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy Rossiya Ukrainani qanday «bo‘lib olishi»ni ko‘rsatib berdi