Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Bodrumida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an unga ajratgan tansoqchilar nigohi ostida dam olmoqda. Bu haqda “Strana.ua” nashriga iqtibos keltirgan holda “Kun.uz” nashri ma’lum qildi.
Avvalroq Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada dam olayotganini va bu uning oxirgi 4 oy ichidagi ilk dam olish kunlari ekanini ma’lum qilgan.
“Hozirda kurortda turli davlatlardan 20 ga yaqin yuqori lavozimli amaldor dam olmoqda, biroq hech kimga bunchalik yuqori e’tibor yo‘q. Zelenskiyning Erdo‘g‘an taqdim qilgan tansoqchilari juda jiddiy. Jurnalistlar uni restoranda ovqatlanayotganda suratga olishmoqchi bo‘lishganda, tansoqchilar bunga keskin tarzda yo‘l qo‘yishmadi”, deb ma’lum qilingan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi