Olmaotalik Laura Muxtar Londonda bo‘lib o‘tgan Miss USSR UK—2019 go‘zallik tanlovida o‘rin oldi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Tanlovning yakuniy bosqichida 11 nafar qiz ishtirok etgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra qozog‘istonlik 23 yoshli qiz uchinchi o‘rinni egallagan.
Ikkinchi o‘rinni esa rossiyalik model Kseniya Ocheredko olgan. Miss USSR UK —2019 unvonini esa armanistonlik 18 yoshli Angelina Chabanyan qo‘lga kiritgan.
U, shuningdek, internet orqali ovoz berish natijalariga ko‘ra «Tomoshabinlar e’tibori» mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Miss USSR UK tanlovi 2013 yilda rossiyalik tadbirkor Yuliya Titova tomonidan tashkil etilgan. Unda sobiq ittifoq davlatlaridan bo‘lgan eng chiroyli qizlar ishtirok etadi. Tanlov Londonda yettinchi bor o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi