Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibi o‘rinbosari Andrey Vtyurinni hibsga olishdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda “Nasha Niva” nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bir hafta oldin yuz bergan.
Belarusdagi eng nufuzli kishilardan birining hibsga olinishiga pora olish sabab bo‘lgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pora miqdori 150 ming dollarni tashkil qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Vtyuringa nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va uning yuqori lavozimli amaldor shaxslar yashovchi “Drozdi-2” posyolkasidagi kotteji muhrlab qo‘yilgan.
Davlat xavfsizligi qo‘mitasida bu borada izoh berishdan bosh tortilgan.
Vtyurin eng nufuzli belaruslardan hisoblanadi. U 2014 yilda xavfsizlik kengashiga ishga o‘tguncha 7 yil prezident xavfsizligi xizmatini boshqargan. Vtyurin bu xizmatda Aleksandr Lukashenko prezident lavozimini egallagandan bir yil keyin, ya’ni 1995 yilda ishlay boshlagan. Belaruslik jurnalistlar Vtyurinni Lukashenkoning safdoshi deb atashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi