00:20 / 01.05.2019
4 660

Zelenskiy yig‘layotgan Ramzon Qodirov videosi uchun barcha musulmonlardan uzr so‘radi

Zelenskiy yig‘layotgan Ramzon Qodirov videosi uchun barcha musulmonlardan uzr so‘radi
Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidenti Vladimir Zelenskiy uning “ChistoNews” nomli ko‘rsatuvida Checheniston rahbari Ramzon Qodirov namozdan keyin yig‘layotgani lavhalari ishlatilgani uchun musulmonlar oldida uzr so‘radi.

Uning aytishicha, u bu rolikdan bexabar bo‘lgan, chunki ko‘rsatuvning o‘sha sonini boshqa muharrirlar guruhi tayyorlagan. Zelenskiyning aytishicha, Qodirov videoga tasodifan tushib qolgan. Voqeadan keyin unga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatga izoh berishni so‘rashgan.

“Gap umuman Qodirov haqida emas. U yerda bu bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir video bo‘lgan. Bu videoga Ramzon Qodirov yig‘layotgan lavhalar tushib qolgan”, deb aytgan Zelenskiy “112 Ukraina” telekanali efirida.

“U yerda bunday vaziyat – musulmon dunyosi. Mana meni nima to‘xtatdi. Men gap nimadaligini bilmasligim, bu voqeani qayta ko‘rib chiqishimni aytdim”, deb ta’kidlab o‘tgan Zelenskiy.

Siyosatchining aytishicha, din bu “og‘riqli mavzudir”.
“Diniy masalada ranjitish bu xunuk ish. Butun musulmon dunyosi oldida yigitlarimiz uchun uzr so‘ramoqchiman”, deb aytgan Zelenskiy.

Ta’kidlanishicha, gap 2014 yildagi voqea haqida bormoqda. O‘shanda Zelenskiy o‘z ko‘rsatuvida Qodirov go‘yoki Xarkovda Lenin haykali buzib tashlangani uchun xafa bo‘layotgani lavhalarini ko‘rsatib, Checheniston rahbari ustidan kulgan. Keyinroq internetda Qodirov yig‘layotgan rolik uning otasi dafn marosimida, yana keyinroq esa aslida ibodatdan keyin suratga olingani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy yig‘layotgan Ramzon Qodirov videosi uchun barcha musulmonlardan uzr so‘radi