10:08 / 02.05.2019
3 455

Lukashenkoning sobiq bosh tansoqchisi Rossiya maxsus xizmatlariga ishlagan bo‘lib chiqdi

Lukashenkoning sobiq bosh tansoqchisi Rossiya maxsus xizmatlariga ishlagan bo‘lib chiqdi
Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibining endilikda sobiq o‘rinbosari Andrey Vtyurin Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati va Federal qo‘riqlash xizmati manfaati yo‘lida harakat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Belarus kuch tuzilmalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Rosbalt” nashri ma’lum qildi.

Avvalroq Vtyurin 150 ming dollar pora olgani uchun hibsga olingani ma’lum qilingandi.

Manbaning aytishicha, Vtyurin Rossiya maxsus xizmatlariga doimiy ravishda qandaydir ma’lumotni berib turgan. “U tom ma’noda josus emas, uning aloqalari unga o‘tmishidan meros bo‘lib qolgan”, deb aytgan manba va Vtyurin Rossiyada o‘qigani sababli u yerda maxsus xizmatlarda ko‘plab aloqalar va do‘stlari qolgan.

“Moskva va Minsk o‘rtasida katta mojaro mavjud bo‘lgan vaziyatda Lukashenkoga yaqin kishining bunday xatti-harakati – yo‘l qo‘yib bo‘lmas holatdir”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Boshqa bir manbaning ma’lum qilishicha, Lukashenko xavfsizlik xizmatini 7 yil boshqargan Vtyurin oxirgi 25 yil davomida Belarus prezidentining yaqin atrofiga kirgan va uning oilasiga yaqin bo‘lgan. “Shunchalik yaqin bo‘lganki, prezidentning kenja o‘g‘li Kolya tom ma’noda otasining tansoqchisi qo‘lida katta bo‘lgan”, deb ta’kidlab o‘tgan manba. U, shuningdek, bunday yuqori lavozimli shaxs 150 ming dollar uchungina ta’qib qilina boshlanganiga shubha bildirgan. Uning aytishicha, bunday yuqori doiralarda bunday summalar bilan oldi-berdi qilish norma hisoblanadi.

1 may kuni rasmiy Minsk Lukashenko 24 apreldagi farmoni bilan Vtyurinni “harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi qilmishlarni sodir etgani uchun” lavozimidan bo‘shatganini ma’lum qilgan. Bir kun avval, 30 aprelda “Nasha Niva” nashri Vtyurin yirik miqdorda pora olgani uchun davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olingani haqida xabar qilgan.

Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi va xavfsizlik kengashi bu ma’lumotlarga izoh bermayapti.

Vtyurin Belarus xavfsizlik kengashiga 2014 yilda ishga o‘tgancha 7 yil davomida prezident xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagan. U Belarusning eng katta ta’sirga ega odamlaridan biri hisoblangan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenkoning sobiq bosh tansoqchisi Rossiya maxsus xizmatlariga ishlagan bo‘lib chiqdi